Izohli lug‘at
minnat
миннат
Ma’nolari
- [a. - himmat, muruvvat, xayr-saxovat, tashakkur, rahmat aytish]
- Qilingan xizmat, yaxshilik uchun bo'lgan qarzdorlik.
- Qilingan yaxshilikni yuzga solish yoki boshqalarga gapirib berish.
- Minnat qilmoq Yaxshilikni yuzga solmoq.
Misollar
- [Yusufbek hoji:] Agar bu xizmatni o'z zimmangizga olur ekansiz, ustimga katta minnat qo'ygan bo'lasiz. — A.odiriy — O'tgan kunlar.
- Tekinning minnati ko'p, mehnatning ziynati ko'p — Maqol.
- Ehson qilgan kishining minnati ehsonni yo'qqa chiqaradi. — Gazetadan.
- Bu ziyofatning xali minnati chiqib qolmasa, deb turibman. — K.Yashin — Hamza.
- Mehnat qildim - xo'p ildim, minnat qildim - yo'q ildim. — Maqol.
- Xasis bir bor mehnat qilsa, yuz bor minnat qilar. — Gazetadan
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0