Izohli lug‘at
momiq
момиқ
Ma’nolari
- Paxtaga ishlov berish ja-rayonida tolasi ajratib olingan chigitda qoladigan kalta toladan tayyorlanadigan mayin paxta. Paxtaning momigʻini askar bolalarning yarasiga bosishibdi. "Yoshlik".
- Umuman, ochilgan, terilgan paxta.
- Yumshoq yung, tivit.
- Paxtaday oppoq, yumshoq, lup-pi, momiqday. Yigitali torting degan maʼnoda Laʼlining bilaklaridan ushladi. D. Nuriy, Osmon ustuni.
Misollar
- Sobira opa koʻzgu oldida bir tutam momiq paxta bilan yuz-koʻzlarini artayotgan qizi-ga qarab urisha ketdi. — M. Xayrullayev — Til-la marjoy.
- Ho-zir chevar qoʻllar ham, mashina bunkerlari ham loʻppak momiqlarni miriqib qamray-digan damlar. — Gazetadan.
- Chanoqlarda koʻpi-rib turgan oppoq momiqlar.. quyoshning zar-rin nurida misoli olmosdek tovlanadi. — Gazetadan.
- Nazokat qorakoʻl yoqali palto, momiq roʻmol oʻrab olgan. — S. Ahmad — Qadrdon dalalar.
- Guppa-guppa yogʻar edi momiq qor. — J. Jabborov.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0