Izohli lug‘at
moxov
мохов
Ma’nolari
- Butun organizmni, xususan, teri, nerv sistemasi hamda ichki aʼzolar-ni zararlaydigan surunkali infeksion kasallik; shu kasalga yoʻliqqan shaxs.
- koʻchma s. t. Rasvo, yaramas, chatoq.
- Qargʻish bildiradi.
- Moxovga oshna qilmoq Rasvosini chiqar-moq.
Misollar
- Ha, Botir aka, hozir odamlar moxovdan hazar qilgandek mendan qochishadi. — S. Ahmad — Say-lanma.
- Mo-xov odam. Moxov ish. Ishning moxovini chi-qarmoq. v
- ..dod deganda ham gap shuki, qi-yin ekin, moxov ekin. — Gazetadan.
- Nega jim turib-sizlar, uringlar moxov boʻlgurni! — K. Yashin — Hamza.
- Tu rob bir kuni.. sal nasihat qilgan ekan, uni kelin oldida moxovga oshna qilib-di. — H. Nazir — Oʻtlar tutashganda. Yakka moxov Kishilarga aralashmaydigan yoki aralash-tirilmay qoʻyilgan odam.
- Qoʻshnilar uni [Boʻriboyni] yakka moxovga chiqarib, na taʼ-ziya va na toʻy-hashamga aytmay qoʻyishgan. \. — Nazir — Oʻtlar tutashganda.
Kelib chiqishi
1 [ jU.L" < a. jaa - yoʻq qilish, chetlatish
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0