Izohli lug‘at
moy
мой
Ma’nolari
- Chorva mollari va baʼzi joni-vorlar toʻqimalarida boʻladigan, tarkibida yogʻ boʻladigan narsa.
- Shunday narsadan va baʼzi oʻsimlik-larning urugʻi, guli va mevasidan olina-digan, suvda erimaydigan modda; yogʻ.
- Juvoz moyi Chigit, magʻiz va shu kabilardan juvozda chiqarilgan moy (q. moyjuvoz).
- Yumshatish, harakatni ravonlashti-rish, pardoz va b. maqsadlarda ishlatiluv-chi moddalarning umumiy nomi.
- s.t. kam. qoʻll. Boʻyoq.
Misollar
- Bir qumaloq bir qorin moy ni chiritar. — Maqol.
- Echkiga jon qaygʻu, qassobgamoy qaygʻu. — Maqol.
- yash Quyonning moyi qoʻy va qoramol moyiga nisbatan tez eriydi. — "Fan va turmush".
- Hayvo-not moylaridan tayyorlangan yogʻ mahsulot-lari ham yaxshi dogʻlashni talab etadi. — Gazetadan.
- Yongʻoqning tarkibida moy, oqsil.. mod-dalari behisob. — J. Abdullaxonov — Oriyat.
- ..so-yadan yaxshi hosil olishimiz, oziq-ovqat sanoati uchun soya moyi ishlab chiqarishimiz mumkin. — Gazetadan.
- Inson gullardan efir va sanoat moyi.. va dorivor olishga ham oʻrgan-gan. — Gazetadan.
- Qoʻshni hovlidan chuchitilgan juvoz moyining isi keladi. — S. Ahmad — Hukm. Moy bosgan yoki moyi chiqqan Kir boʻlib, yaltirab ketgan (asosan kiyim haqida).
- Bir necha minutdan soʻng turib, moy bosgan qatirma doʻppisi ichiga toʻgʻnalgan ignani oldi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- ..boshida moyi chiqibketgan eski kepka, egnida qora satin pidjak. — O. Togʻa-yev — Alangali yurak. Moy tomsa (yoki toʻkil-sa, tushsa) yalagudek Nihoyatda toza (yer sat-hi, pol va shu kabilar haqida).
- Turdimatchoʻtal goʻlaxxonani moy tomsa yalagudek qilib, af-tidan, bor zehnini berib tozalab qoʻygan edi. — A. Muxtor — Opa-singillar.
- Moy toʻkilsa yalagudek. — P. Tursun — Oʻqituvchi. Moydek (yoki moy kabi) yoqmoq Koʻngliga juda xush kel-moq; yoqib tushmoq.
- Ziyodillaning bu gaplari domlaga moydek yoqib tushdi shekilli.. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Kumushning oʻtinchi unga moy kabi yoqib tushdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. Ogʻzidan moy tommoq Oʻziga juda maʼqul bilib, xush kelib gapirmoq.
- Gapirganda ogʻzidan moy tomadi. n
- Rahmonali oʻzi ish-lagan MTS va xotini aʼzo boʻlgan kolxoz ishini ogʻzidan moy tomib maqtay ketdi. — N. Safarov — Katta karvon yoʻlda. Pichogʻi moy ustida Ishi, maishati juda yaxshi.
- Bular ham bir nav duru cm: biri agronom, biri mol duxtiri. Pichotslari moy ustida! — O. Yoqubov — Larza.
- Ana, endi Tursunalining pichogʻi yana moy ustida. — "Mushtum". Qozon ham moy, choʻmich ham Roʻzgʻor, tirikchilikning bekam-koʻst, yetarli taʼminlanganini, toʻkinli-gini bildiradi.
- Mashinalarni rost koʻcha qolib, past koʻchadan yugurtiraverdilar. Qarasalar, qozon ham moy, choʻmichham. — "Mushtum". Ogʻzingga moy Suhbatdoshning gapi, xa-bari juda maʼqul kelganda, yoqib tushgan-da qoʻllanadigan ibora.
- Ogʻzingizga moy, ama-ki! — O. Yoqubov — Larza.
- -Uning aytishiga qara-ganda, Zunnunxoʻja quloq qilinipti! Sidiq-jon yat etib unga qaradi: -Rostmi? Yashang-ye, ogʻzingizga moy! — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Korjomasi va qoʻllarigacha moy boʻlganidan, bilagini tutib soʻrashdi. — R. Fayziy — Asad libosi.
- Mullajon amaki.. haligi kishining yuziga suqma moy surtdilar-da, hafsala bilan ish-qaladilar. — E. Raimov — Ajab qishloq.
- ..moy surtmasang, aravaning oʻqi ham gʻirchillaydi. — "Mushtum".
- Politsiya eshigi berk: yashil moy bilan sirlangan yogʻoch panjaralar oldida tutaqqan xalq qaynaydi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0