Izohli lug‘at
moyli
мойли
Ma’nolari
- Moyi bor, moy olish mumkin boʻlgan.
- Moylangan, moy berilgan.
- Sermoy, yogʻli.
- Daromadi yaxshi; serdaromad.
- Moyi chiqqan; kirlangan.
Misollar
- Moyli oʻsimliklar.
- Moyli qogʻoz.
- Tursunoy tuxum bilan qovurilgan moyli qoʻy goʻshtini bir xitoy laganda keltirib, sandal ustiga qoʻydi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Fazliddin oldin-roq moyli somsani koʻproq yeganidan manti-ni oz yedi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Moyli ish izlab yuribdi. v
- Bu oila tinch, moyli makon qidirib, qishloqqa koʻchib kelgan.. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Yoqasi moyli boʻlsin, etagi loyli boʻlsin. — "Boychechak".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0