Izohli lug‘at
mubtalo
мубтало
Ma’nolari
- . Biror illat, kasallik yoki koʻngilsiz voqeaga duchor boʻlgan, uchragan; giriftor.
- . Maftun, shaydo, oshiq.
- Mubtalo boʻlmoq 1) giriftor boʻlmoq, duchor boʻlmoq, uchramoq.
- Mubtalo qilmoq (yoki etmoq, aylamoq) 1) giriftor qilmoq, duchor qilmoq, uchratmoq.
Misollar
- [Gulif] Nechun tugʻding meni baxti qaroni? Baloga mubtalo motam-saroni? — Uygʻun va ISulton, Alisher Navoiy.
- Bidʼatga botgan mubtalolarni koʻrolmasman. — "Mushtum".
- Mubtaloman pariroʻga, koʻzi bir mast ohuga. — Ya. Mamatxonov.
- Yor vaslidan topolmas Erkin diliga taskin. Afsus demakdan oʻzga u mubtalo na qilsin. — E. Vohidov.
- Chamamda, oʻrtoq Xoʻjabekov "fosh qilish" kasaliga mubtalo boʻlgan koʻrinadi. — S. Anorboyev — Oqsoy; 2) maftun boʻlmoq.
- Lola yangligʻ orazingni men koʻrib tasvirda, Mubtalo boʻlmoqligʻim yozmish ekan taqdirda. — Hamza.
- [Otabekning] Umrining eng qimmatli kunlarini ogʻulagan, ikki yil boʻyi davosiz dardga mubtalo qilgan oʻz onasi emasmidi? — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar; 2) maftun etmoq.
Kelib chiqishi
arab. – azob chekuvchi; giriftor, duchor boʻlgan
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0