Izohli lug‘at
muhokama
муҳокама
Ma’nolari
- Biror xulo-saga kelish uchun koʻpchilikning fikrini olish, fikrlashish, har tomonlama oʻyla-shish.
- Fikr yuritish, mulohaza; fikr.
- Muhokama qilmoq (yoki etmoq) 1) muho-kama oʻtkazmoq. ..qoʻriq ochish masalasi muho-kama qilinganidayoq hammani boʻron bilan qoʻrqitmoqchi boʻlgan edi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli.
Misollar
- Masalani muhokamaga qoʻymoq. Ariza-ni muhokama qilish. m
- Ibrohimov qayerga bormasin, shundan gap ochilib, har kim oʻz fikr-mulohazasini aytar, Oʻrmonjon ayt-moqchi, masalani butun xalq muhokama qilar edi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Muho-kamasi yoʻq odam. Muhokama bilan ish qil-moq. sht - Baʼzi yengil muhokamalaring onang-nikidan qolishmaydir, Otabek!. — dedi [hoji]. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Bunday ishga benihoyat uquv, chapdastlik, xoʻsh, yana muhokama va mohirlik kerak. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- "Jurnalist" sahifalari-da adabiy janrlar, uslub, til, kasb etika-si masalalari har tomonlama muhokama etilmoqda. — Gazetadan; 2) muhokama — fikr yuritmoq; oʻylamoq.
- Xuddi Elmuroddek Zebo ham uyiga qaytib, oʻz xatti-harakatini, Elmurod bilan qilgan suhbatini muhokama qilardi. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Anvar, kechagi kunlarda hissiyotga qattiq berilib, kitob soʻratish oqibatini yaxshi muhokama etmaganidan pushaymon edi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
Kelib chiqishi
a. مُحَاكَمَة – sudlashish, daʼvolashish; hukm qilish
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0