Izohli lug‘at
muk
мук
Ma’nolari
- Muk tushmoq 1) oyoqlarni yiqqan holda yuztuban boʻlib yotmoq yoki boshini juda quyi solib engashmoq.
Misollar
- Jinchiroqni puflab, Yoʻlchi bilan Uroz gulxan tevaragida muk tushishdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Oʻtar bobo boʻsagʻada muk tushib iltijo qildi. — S. Siyoyev — Avaz 2) biror narsa ustida qunt bilan oʻtirmoq.
- Kamol.. keyingi kunlarda koʻp ishlar, ish stolida qogʻoz ustiga muk tushib, tong ottirar edi. — S. Ahmad — Oydin kechalar.
- Muk tushib oʻqiy-oʻqiy charchadi qoʻzichogʻim. — H. Nazir — Yonar daryo.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0