Izohli lug‘at
mulohaza
мулоҳаза
Ma’nolari
- Fikran muhokama yuritish, oʻylash; oʻy.
- Mulohaza yuritmoq ayn. mulohaza qilmoq
- .
- Biror masala yuzasidan bildirilgan yoki oʻylab qoʻyilgan fikr.
- ayn. andisha 1.
Misollar
- Biz uch oilaning.. bir-biriga oʻxshamagan qismat-taqdiri haqida mulohaza yuritdik, vafo-dorlikni ulugʻlab, bevafolikni ranj bilan qalamga oldik. — Gazetadan.
- Uning [eshonning] uzoq mulohazadan keyin bir fikrga kelgan kishidek koʻzlari maʼnoli qisildi. — S. Ahmad — Hukm.
- Oʻroqov sadoqat va doʻstlik toʻgʻrisida uzoq, uzuq-yuluq, ammo balandparvoz mulohazalar yuritdi. — Y. Shamsharov — Toshqin. Mulohaza qilmoq 1) fikran muhokama yuritmoq, oʻylamoq.
- [Elmurod] Bir gapni aytishdan il-gari oʻzicha mulohaza qilibkoʻrar edi. — P. Tursun — Oʻqituvchi; 2) andisha qilmoq, andi-shaga bormoq.
- U \Elmurod\ endi boʻyni qisiq yetim emas. Endi unga mulohaza qilib oʻti-rishdan koʻra bor gapni shartta aytib, koʻngilni xijolatdan boʻshatish osonroq. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Yigitaliga bumalol kel-sa-da, ochiq aytishga mulohaza qilardi. — T. Malik — Ajab dunyo. Mulohozaga bormoq ayn. mulohaza qilmoq 2.
- Ular ortiqcha mulohaza-larga borib turmasdan, shu zamonoq oʻpardi-lar.. men oʻzimni tutdim. — Oydin — Hikoyalar.
- Iqtisodiy masa-laga doir mulohazalar. Oʻz mulohazasini bayon etmoq. yat Axrlad Husayn quldan badtar ojiz, zabun, hamisha taqdirga itoatkor, gʻirt savodsiz bu dehqonning mulohazalariga hay-ron qoldi. — Oybek — Nur qidirib.
- Mulohaza bilan ish qil-moq. nsh
- Hosilot ota Komiljonni koyib ber-moqchi ham boʻldi, tagʻin rais bu voqeadan xabardordir, degan mulohaza bilan indama-di. — R. Fayziy — Choʻlga bahor keldi.
Kelib chiqishi
a. مُلَاحَظَة – kuzatish, nazorat; izoh; fikr bildirish; tanbeh
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0