Izohli lug‘at
mulzam
мулзам
Ma’nolari
- Munozara, bahs, tortishuv va shu kabilarda yengilib yoki biror ishi, xatti-harakati uchun lol, uyatli, xijolatli holatda qolgan.
- Mulzam boʻlmoq Mulzamlik hissini tuymoq, mulzam holatga tushmoq.
- Mulzam qilmoq Mulzam holatga qoʻymoq.
Misollar
- Soli ota-ning baʼzi tengqurlari, mashina haqida qalay fikrga keldingiz, deyishsa, chol oʻzini ancha mulzam sezib, boshini quyi egardi. — S. Abduqahhor — Oltin vodiylarni kezganda.
- Men ham maʼyus va mulzam holda, gunohkor boladay, ichkariga.. kirib bordim. — "Mushtum".
- Boyagiday mulzam boʻlib qolishdan choʻchib, oʻzini tutdi. — M. Mansurov — Yombi.
- Bosh injener mulzam boʻlib, gʻuldurashga ham holi kelmay qoldi. — "Mushtum".
- Gʻanijon qayerga borsa, samovarda ham xuddi shu toʻgʻrida gapirib, uni mulzam qilishadi. — S. Ahmad — Qadrdon dalalar.
Kelib chiqishi
arab. — majbur, majburiyat yuklangan; oʻyinda magʻlub boʻlgan
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0