Izohli lug‘at
muqaddas
муқаддас
Ma’nolari
- Quddus; Dindorlar tasavvurida ilohiyot bilan bogʻliq boʻlgan, aziz, tabarruk.
- Sharafli, olijanob, yuksak.
- Muqaddas (xotin-qizlar ismi).
Misollar
- Muqaddas joy.
- Tokcha devoriga gul ravishda tushirilgan duo yoki shuning kabi muqaddas kalimalar yozigʻliq bir qogʻoz yopishtirilgan. — Abdulla Qodiriy — Mehrobdan chayon
- Tabiatning bebaho neʼmati suvni toza saqlash.. har birimizning muqaddas burchimizdir. — — Gazetadan
- Sharif Sulaymon xalqning chin oʻgʻillaridan. Xalqqa samimiy xizmatdan koʻra yuksakroq, muqaddasroq narsa yoʻq, deb biladi u. — Oybek — Nur qidirib
- Hozir ikkisi [Yoʻlchi bilan Gulnor].. qalblarida yillarcha saqlangan muqaddas orzulariga yetishganliklaridan, ikkisi ham mast kabi edi. — Oybek — Tanlangan asarlar
Kelib chiqishi
Arabcha مُقَدَّس - pok, toza, aziz; ilohiy; olijanob.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0