Izohli lug‘at
murosa
муроса
Ma’nolari
- Oʻzaro kelishuvli munosabat; kelishuv, kelishuvchilik.
- Murosa qilmoq Kelishuvli yoʻl tutmoq, murosa yoʻlini tutmok
Misollar
- Murosaga kelmoq.
- Qaysi oilada murosa yaxshi boʻlsa, fayzi darvozadan koʻrinib turadi. — Gazetadan.
- Shundan keyin ham mushtipar ona ularni murosaga keltirmoqchi boʻldi. — Gazetadan.
- Xalq bilan murosa qilishim mumkin, ammo ular bilan ikki dunyoda murosa qilolmayman. — Uygʻun — Navbahor.
- Turmush boʻlgandan keyin, murosa qilmasang boʻlmas ekan. — N. Safarov — Navroʻz.
Kelib chiqishi
arab. — bir-biridan rozilik, oʻzaro kelishish
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0