Izohli lug‘at
mushtarak
муштарак
Ma’nolari
- Koʻpchilikka taalluqli, oʻrtadagi, umumiy.
Misollar
- Mushtarak yer. Mushtarak chegara.
- Shu bizlar maqsadlari umumiy, mushtarak boʻlgan qardoshlarmiz. — N. Safarov — Olovli izlar.
- [Shernazarboy:] Biz oliy hazratning qulimiz, uning xazinasini toʻldirmoq biz va sizning mushtarak vazifamizdir. — J. Sharipov — Xorazm.
Kelib chiqishi
arab. – umumiy, birlashgan, oʻrtadagi
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0