Izohli lug‘at
mustabid
мустабид
Ma’nolari
- Mutlaq hokimiyatga ega boʻlgan hokim, istibdod egasi.
Misollar
- Azizbek Turkiston xonligining eng zolim va mustabid sanalgan beklarining biri va uning oʻz qaramogʻida boʻlgan Toshkent aholisiga qilgan zulmlari Fargʻonaga doston. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Mustabid shohlarning razolati ham shundaki, ular faqat oʻz nomlari emas, balki oʻz eli nomiga ham dogʻ tushirishga qodirdirlar. — O. Yoqubov — Koʻhna dunyo.
- Mustabid tuzum mafkurachilari eliga sadoqatli, obroʻ-eʼtiborli odamlarni yoʻq qilish payida boʻlganlar. — M. Qoʻshjonov — Diydor.
Kelib chiqishi
arab. – oʻz xohishicha ish qiluvchi; zolim, zulmkor
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0