Izohli lug‘at
mustahkamlamoq
мустаҳкамламоқ
Ma’nolari
- Mustahkam qilmoq, mahkamlamoq. Eshikni mustahkam-lamoq. n Shuning uchun nemislar bu rayonni qariyb ikki yil davomida tinmay mustah-kamlagan edi. A. Qahhor, Oltin yulduz.
- Barqaror qilmoq, jipslashtir-moq. Istiqlolimizni saqlab qolish va mus-tahkamlash uchun kurash—muttasil davom etadigan oʻta masʼuliyatli va murakkab jarayon. Gazetadan.
- Puxtalamoq, puxta oʻzlashtirib olmoq.
Misollar
- Komplekslar, fermerlar-ni malakali kadrlar bilan mustahkamlash choralarini koʻrish kerak. — Gazetadan.
- Oʻtilgan darsni mustahkamlamoq. a Har narsani gapiravermang, hunaringizni mustah-kamlang, uquvli boʻling. T. Obidov, Yusuf-jon qiziq.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0