Izohli lug‘at
mutaassib
мутаассиб
Ma’nolari
- . Dinga qattiq berilgan holda unga koʻr-koʻrona amal qiluvchi.
- . Birovga koʻr-koʻrona ergashuvchi, biror ishga ongsiz ravishda qattiq beriluvchi, taassub qiluvchi.
- . konservator.
Misollar
- Qoʻygan teatrlarimiz koʻpchilikka yoqqan boʻlsa ham, mutaassib ulamolar va chor hukumati amaldorlari bizga yomon koʻz bilan qarar edilar. — M. Muhammadjonov — Turmush urinishlari.
- Mutaassib adib.
- Boʻgʻinlari zirqirar, anovi avom, mutaassib olomonga qoʻshilib, oʻzi ham kazak askarlaridan tayoq yegandek, jismu joni yonardi. — S. Siyoyev — Avaz.
- Muharrirning gʻoyat mutaassibligini, progressiv yoshlarning va ziyolilarning eng zoʻr dushmani ekanligini ham yaxshi bilardi. — Oybek — Nur qidirib.
Kelib chiqishi
arab. - oʻta fidoyi, berilgan; gʻayratli
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0