Izohli lug‘at
muvofiq
мувофиқ
Ma’nolari
- Mos, toʻgʻri keladigan, munosib, loyiq.
- Monand, yarasha, mos.
- (j. k. bilan) koʻm. vazifasida. Binoan, asosan, koʻra.
- Maqsadga muvofiq; Maqsadga, talabga javob beradigan, foydali, oʻrinli.
Misollar
- Oʻziga muvofiq ish topmoq.
- Qoʻqonga chopar yubormoqchi boʻldilar, bu ishning muvofiq kishisi, albatta, Hasanali boʻlganligidan chopar boʻlib belgilandi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Chittak deb laqab qoʻygan kishi Nabigulga juda muvofiq laqab qoʻyibdi. — A. Qahhor — Qanotsiz chittak.
- Gapiga muvofiq javob.
- Qonunga muvofiq. Farmonga muvofiq. Anʼanaga muvofiq.
- Ularning oʻzaro pisandalariga muvofiq yangi yerlar, chiqariladigan suvlar Teshaboyga tekin oʻtadi. — M. Ismoiliy — Fargʻona t.o.
- Darsliklarga ichish va chekishning halokatli taʼsiri haqidagi maqollar kiritilsa, maqsadga muvofiq boʻlardi. — Gazetadan.
- Ahmad uning ahvoliga kulib, birmuncha savol berishni maqsadga muvofiq topdi. — Gazetadan.
Kelib chiqishi
arab. – maʼqullovchi, mos keluvchi, qulay; maqbul
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0