Izohli lug‘at
muzika
музика
Ma’nolari
- q. musiqa.
Misollar
- Qizoʻn olti yoshgacha bu oilada.. oʻsadi, ibtidoiy tahsil koʻradi, muzikadan ham bir oz maʼlumot oladi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Katta zaldagi shovqin-suron, muzika, ichimliklar.. hidi Yoʻlchining boshi-ni aylantirdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Karvon joʻnadi. Yukning ogʻirligidanmi yoki gupchaklarning yogʻsiraganidanmi, aravalar gʻirchillab, oʻz muzikasi oʻzi bilan jadal bor-moqda. — I. Rahim — Chin muhabbat.
Kelib chiqishi
yun. musike — muzalar sanʼa-ti
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0