Izohli lug‘at
muzokara
музокара
Ma’nolari
- . Majlisda muhokamaga qoʻyilgan masala yuzasidan uz fikrini bayon qilish, shu munosabat bilan gapirilgan nutq, soʻz.
- . Shart-sharoit, tomonlarning talablari haqida fikr almashish.
Misollar
- Maʼruza yuzasidan muzokara boshlamoq. Muzokaraga oʻtmoq.
- Dokladdan keyin qizgʻin muzokara boshlanib ketdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Muzokaraga qatnashgan xodimlar.. olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari haqida oʻz mulohazalarini aytdilar. — "UTA".
- Sulh haqida muzokara olib bormoq. Diplomatik muzokaralar.
- Qudalar oʻrtasida roʻy beradigan anglashilmovchiliklar, janjallar aksar vaqt muzokara va murosa yoʻli bilan hal qilinadi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Kelib chiqishi
arab. — muhokama qilish, suhbat; anjuman
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0