ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

naiza

наиза

Ma’nolari

  1. bilan otib yoki urib sanchish uchun moʻl-jallangan, uchi oʻtkir qurol. Mudofelar qoʻl-laridagi miltsh, shashvar, oybolta, qilich va nayzalari bilan tizilishib oldilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar. Ot chopsa, gumburlar togʻning darasi, Botirni ingratar nayza yarasi. "Alpomish".
  2. Miltiqning uchiga oʻrnatiladigan uchi oʻtkir qismi; shtik. Normat miltiq nayza-sini yovning kuraklari oʻrtasiga botirardi. I. Rahim, Chin muhabbat.
  3. Gazandalar chaqqanda, ularning badanga sanchiladigan aʼzosi. Ari nayzasi.
  4. sft. Sanchiladigan, nayzadek, nayzaga oʻxshash, sanchilib kiradigan darajada oʻtkir. Uchi nayza qalam.
  5. koʻchma. Sezilarli taʼsir, kuch. Sovuqoʻz nayzasini kelib-kelib faqat tizzayu tir-sakka urayotganday boʻlardi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi.
  6. Tik, toʻgʻri. -Soʻzga quloq sol, shallaqi! — Yormat koʻzlarini nayzaday qadadi. — Yetmishda emas, oltmish beshda. Oybek, Tanlangan asarlar. Ular qishloq markaziga yetganda, quyosh nayza boʻyi koʻta-rilgan edi. M. Joʻra, Noshirnoma.
  7. Kun (yoki oftob) nayzaga kelganda Quyosh ayni tepaga kelgan, qizigan payt, tush payti. Sal vaqtdan keyin, oftob nayzaga kelganda, paykalda ishlash u yoqda tursin, nafas olish mahol boʻlib qoladi. R. Rahmon, Mehr koʻzda. Ayniqsa, kun nayzaga kelganda, butun bodomzor jimjit, sukut ichida qolganday boʻlardi. D. Nuriy, Osmon ustuni.

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0