Izohli lug‘at
navo
наво
Ma’nolari
- Kuy, ohang; xonish.
- Maʼlum bir narsaning zavqi.
- (N — katta) Shashmaqom tizimidagi ikkinchi maqom nomi (q. shashmaqom). Dumop-ni sozlash uchun reza kuylardangina olib tur-gan mashshoq, Otabek kutmagan joyda, “Novo "dan boshlabyuborgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Gʻam-alam ifoda etuvchi ayanch-li ovoz; nola.
Misollar
- Qumrining toʻyi: Bezal-gan uyi, Nayning navosi Qayta-qaytadan Chalinib tinmay. — Gʻ. Gʻulom.
- Shundan soʻngra sen qadah ushlab, Xumor koʻz-la boqqil samogo, Tingla qushning ezgu orzusin, Quloq bergin mayin navoga. — H. Olimjon.
- Avaz oʻrnidan qushday yengil turdi. Oppoq boʻlib yorishgan yangi tong havosidan, bezovta koʻnglida tugʻilgan yangicha bir tuygʻular navo-sidan jon-jahoni yayradi. — S. Siyoyev — Avaz.
- Koʻzlarida nozik bir oʻt chaq-nadi. U faxr oʻtimidi, yo qahr oʻti — bilib boʻlmadi. Lekin magʻrur kishining ovozi bilan emas, dilgir kishining navosi bilan javob qshgdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0