Izohli lug‘at
naycha
найча
Ma’nolari
- [f. l — kichiknay, qamishcha) 1 Kichik yoki ingichka nay. U yerda ham laboratoriyadagiday egri-bugri shisha nay-chalar, shisha idishlar, oʻlchagʻichlar, elektrokamera, har xil asboblar. S. Anorboyev, Oqsoy.
- maxs. Ip oʻraladigan naysimon asbob yoki mashina qismi.
- bot. Poliz ekinlarida hosil boʻluvchi tuguncha, nishona.
Misollar
- Bu yerning bola-chaqasi tili chiqib, avval bilgan soʻzi — arqoq bilan tarogʻu naycha bilan moki. — A. Muxtor — Opa-singillar.
- Shu bilan oshqovoqning tutgan naychalari sargʻayib toʻkilaverdi. — S. Ayniy — Esdaliklar.
- Shaharliklar juda olifta, nozik kelishadi. Podvalda koʻkar-tirilgan kartoshka urugʻining naychasidan ham nimjon. — M. Hazratqulov — Jurʼat.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0