Izohli lug‘at
nazr
назр
Ma’nolari
- . Savob uchun yoki biror muddao bilan xudo yoʻliga atalgan yoki berilgan narsa.
- . Azayimxon, domla va shu kabilarga oʻqib, dam solib qoʻyganligi va b. amallari uchun beriladigan haq, mol yoki pul.
- . xayr-sadaqa.
- . Savob uchun yoki maʼlum narsa evaziga oʻzini-oʻzi yoki farzandini maʼlum shaxsga, tabarruk joyga bagʻishlash.
Misollar
- Bir machit hovlisidagi qayragʻoch tagida nazrga qoʻy soʻyilar edi. Ular shu yerda toʻxtashdi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Sen ham.. oʻsha hindini topasan va nazrini berib, yaxshilab qaytariq qildirasan. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Nazri naqdona boʻlmasa, koʻnglim ham joyiga tushmaydi, ish ham yurishmaydi, — dedi Hoji xola. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Koʻz ogʻrigʻi uni [devonani] choʻchitmas uchun naridan turib, yonchigʻini kavlay berdi: Sizga.. nazrim bor. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Hamma gap shundaki, Yodgor ota Karomat, Adolat otliq ikki qizini birdaniga Nurmatjonning otasi Toshxoʻja eshonga nazr qilgan edi. — A. Qaqhor — Asarlar.
- Kuni kecha mozorga bir malikai zebo chehra nazr etildi. Shu ojizani ertagayoq haramingizga oʻzim keltirib topshiraman. — K. Yashin — Hamza.
- Qurbon otaning yigitlik hayoti yakuni shuki, "bu dunyo boʻlmadi, endi oxiratdan ham quruq qolmay", deb oʻzini-oʻzi Saidahmadxon degan eshonga nazr qilgan. — A. Qahhor — Asarlar.
Kelib chiqishi
arab. – tantanali vaʼda; qasamyod; shu asosdagi qurbonlik, nazr-niyoz
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0