Izohli lug‘at
nega
нега
Ma’nolari
- soʻr. olm. Harakat yoki hodisaning sababi haqida soʻroqni ifodalaydi; nima uchun?
- Ritorik soʻroq gaplarda soʻzlovchining aytilgan, boʻlib oʻtgan yoki koʻzda tutilgan harakat, hodisa va shu kabilarga salbiy (afsuslanish, achinish) munosabatini bildiradi.
- Nega deng (yoki desang) Chunki, sababi shuki, negaki.
Misollar
- Qani, rostini aytchi, nega qoʻnimsizsan? — A. Qahhor — Qanotsiz chittak.
- Gʻam, qoʻrquv titrogʻi bilan ezilgan Gulnor koʻrpaga oʻralib oʻyladi: Nega kecha qochmadim? — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Men aytaman, bolam, qoʻlimdan shuncha ish kelar ekan, dadang hayot vaqtida nega “bersang — yeyman, ursang — oʻlaman ”, deb oʻtirgan ekanman! A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- Maayuhatga hammasi chaqqon. Nega desang, maslahatgoʻylik oson narsa-de: tili qimirlaydi, xolos. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0