Izohli lug‘at
negiz
негиз
Ma’nolari
- Biror narsaning hamma ustki qismlarini tutib, koʻtarib turadigan ostki qismi; poydevor, fundament.
- Biror narsaning asosini tashkil etgan omil; baza, asos.
- Soʻzning asosiy maʼnosini bildiruvchi, soʻz oʻzgartuvchi qoʻshimchalar olmagan qismi.
Misollar
- -Albatta, yangi usulda, — deydi Berdi tatar, — negizi oʻn qatorcha pishiq gʻisht, yuqorisi xom gʻisht. — A. Qodiriy — Obid ketmon.
- Oʻzbekistonda chorvachilikni sanoat negizida tashkil etish borasida koʻp ishlar qilindi. — N. Mavlonov — Qoramolchilik.
- Hujayra har qanday orga-nizmning negizi hisoblanadi. — Gazetadan.
- Negiz va qoʻshimcha.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0