Izohli lug‘at
nihoyat
ниҳоят
Ma’nolari
- ayn. nihoya.
- Gʻoyat, juda, nihoyatda.
- krsh. s. Oxir-pirovardida, oxiri. Ni-hoyat, har minuti bir kunday tuyulgan bir soat vaqt oʻtgach, butadan yigirma-oʻttiz metrcha berida qora kaska koʻrindi. A. Qahhor, Oltin yulduz.
Misollar
- Ellikboshi urush nihoyatida oqpodsho gʻolib kelishini isbot qilishga tirishdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Elmurod ularning ovozlaridan oʻz ishlaridan nihoyat xursand ekanliklarini sezdi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Nihoyat, ular ham charchadi shekilli, vagonga sukunat choʻkdi. — Gazetadan.
Kelib chiqishi
- oxir; chek, chegara
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0