Izohli lug‘at
nishon
нишон
Ma’nolari
- . Ataylab qoʻyilgan yoki tabiiy belgi; alomat.
- . Biror narsaning izi, asari,
- . Biror narsadan darak yoki dalolat beruvchi belgi.
- . Oʻq uzish uchun moʻljalga olingan (qoʻ-yilgan) narsa; qora.
- . Biror ran qaratilgan obʼyekt; biror gapdan koʻzlangan maqsad; moʻljal.
- . Orden; medal.
- . Nishon (erkaklar ismi).
Misollar
- Bolaning oʻng betida nishoni bor. m
- Texnik., domlaning darvozasiga qizil nishon qoʻyib ketdi. — A. Qahhor — Sarob.
- Kechagi yomgʻirdan nishon ham qolmagan, xushboʻy sha-bada, dilxush manzara, oromijon tabiat. — I. Rahim — Ixlos.
- Kuban boʻylaridan izladim seni. Oʻtdi tunu kunlar, topmadim nishon. — T. Toʻla.
- Yasovullar sadoqat nishoni koʻrsatdilar. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Bu bayroq har bir jangchi uchun shon-sharaf belgisi.. gʻalaba nishoni. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Oʻqni nishonga bexato urmoq. Nishonga olmoq. sht - Toʻgʻri qilgansiz, — deb uni qoʻltiqladi komissar, — jangchi-ning ongi qayralsa, oʻqi nishonga bexato tegadigan boʻladi. — Shuxrat — Shinelli yillar.
- Inoyat soʻzining nishonga borib tegayotganidan mamnun. — S. Abduqahqor — Sanamay sakkiz dema.
- Koʻkragida yaqinda olgan "Mehnat shuhrati" nishoni.. — Gazetadan.
Kelib chiqishi
fors. – belgi, iz; muhr, tamgʻa; alomat; moʻljal; orden, medal
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0