Izohli lug‘at
nobop
нобоп
Ma’nolari
- Uncha mos, muvofiq emas; qoʻl kelmaydigan, nomuvofiq, yaroqsiz.
- Unchalik shay emas, buzuq.
- Xulq-atvori, yurish-turishi yomon, yaramas.
- Notinch, noqulay.
Misollar
- Nobop joy. Nobop yer. n
- Ayrim qishloq ku-tubxonalari nobop va koʻrimsiz xonalarga joylashgan. — Gazetadan.
- -Dehqon aka, ehtiyot boʻling, aravangiz nobop.. — boshini chayqab gapirdi Yoʻlchi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Nobop yoʻlning, nobop mashinaning zahmatidan Temirjonning butun suyaklari zirqirab ogʻrir, quloqlari shangʻillardi. — J. Abdullaxonov — Oriyat.
- Nobop odam, yat Yoʻq, u bola koʻp nobop chiqdi, shariatga shak keltiradir. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Bir oz jimlikdan soʻng Ravshan gapira boshladi: -Boʻri aka, zamon nobop, deb tunov kun Abdurahmon aka aytgan gaplar qulogʻim ostidan hali-hali sira nari ketmaydi. Atrofga qarab, odamni vahm bosadi. — S. Karomatov — Bir tomchi qon.
Kelib chiqishi
f. bjLib — mos, muvofiq emas; yaramas; yaroqsiz
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0