Izohli lug‘at
nodon
нодон
Ma’nolari
- . Ilm-maʼrifatdan xabari yoʻq, ongi, tushunchasi past; oʻqimagan, bilimsiz; qoloq.
- . Fahm-farosati kam; tushunmaydigan, tentak.
Misollar
- Nodon odam. Soʻzlaguvchi nodon boʻlsa, eshitguvchi dono boʻlsin. — Maqol.
- Nahotki mana shu yerda oʻtirgan studentlar Yunusov oʻylaganchalik nodon boʻlsa?! — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Ajab boʻldi! Oyogʻining tagiga oʻligingni tashlagin endi, oʻz qadrini bilmagan nodon. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloqsol.
Kelib chiqishi
f. — bilmaydigan, xabarsiz; johil, ilmsiz; kaltafahm, befarosat
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0