Izohli lug‘at
nom
ном
Ma’nolari
- [f. - ot, ism; shon-shuhrat,
- obroʻ; ot soʻz turkumi] 1 Shaxs yoki narsa-predmetlarga qoʻyilgan ot; ism.
- Biror sohaga, guruhga oidlikni bil-diruvchi atama.
- Faoliyatning biror sohasida erishgan yutuq, malaka darajasini koʻrsatish uchun rasmiy yoʻl bilan beriladigan unvon.
- Koʻpchilik orasida maʼlum-mashhurlik; dong, dovrugʻ, shuxrat.
- Nomi bilan Topshirigʻi, vakolati bilan.
Misollar
- Shahar nom-lari. Nom qoʻymoq. Nom bermoq. n
- Keksa-iib qolgan eshonning xotirasi ancha pasay-ganidan koʻp vaqt oʻz oʻgʻillarining nomlarini ham xotinidan soʻrab olar edi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Mansur, Muslim! Senga bir gap boʻldimi? Muallim degan nomimiz bor, shunday vaqtda ish koʻrsatmasak, qachon koʻrsatamiz?! — 3. Said — N. Safarov, Tarix til ga kirdi.
- Faxriy nom. Xizmat koʻrsatgan artist degan nom. Klassik kurash boʻyicha mamlakat chempioni degan nom.
- Nomi chiqqan kurash-chi. Nom chiqargan jamoa xoʻjaligi. m
- Ochil Eshnazar.. Siyob volostining Qoʻshtamgʻali qishlogʻida nom chiqargan shaxs edi. — M. Oʻrin-xoʻjayev — Unutilmas kunlar.
- Oʻzbekiston nomi bilan. — Nomiga Shun-chaki — xoʻja koʻrsinga, yoʻli uchun.
- Nomiga choyxona. yash Ayrim tumanlarda makkajoʻxo-ri nomigagina ekilayotganga oʻxshaydi, aks holda, yer boʻsh yotmasin deb don sochib, keyin oʻz holiga tashlab qoʻyilmas edi. — Gazetadan.
- Huri, oldin nomiga bir oz koʻnmay turar, keyin majburan borayotganday, yuziga qay-gʻuli ifoda berib chiqib ketardi. — F. Musa-jonov — Huri. Nomidan Tarafidan, ismi-dan; topshirigʻi bilan.
- Jamoa nomidan ta-shakkur bildirmoq. Oʻz nomidan tabriklamoq.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0