Izohli lug‘at
nos
нос
Ma’nolari
- Tamakidan tayyorlanadigan va til tagiga tashlab yoki burunga iskab chekila-digan narsa.
- Ogʻziga nos solmoq ayn. ogʻziga tolqon solmoq q. tolqon.
- nosvoy ayn. nos.
Misollar
- Bektemir qoʻlbola nosdan bir chimdim til tagiga tashlab, keyin tupurdi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Xolmirza aka ichidan: “Shu gʻayrating, shu himmating boʻlsa, ikki yilda xirmontepadan aniq ayrilamiz ”, deb oʻylaydi, burniga nos iskab oladi. — A. Qodiriy — Obid ketmon.
- Ogʻzingga nos solib oʻtira-sanmi, Xoliq! Gapirsang-chi! — Sh. Rizo — Qor yogʻdi, izlar bosildi.
- Qoratoy, bir tanga pul topiladimi senda. Nosvoy yoʻq, ertadan beri xumoriman. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Aravakash chol nosvoy chekib, otni qamchi bilan astagina urib qoʻyadi. — Oybek — Bolalik.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0