Izohli lug‘at
nur
нур
Ma’nolari
- Yorugʻlik manbaidan taralgan va ingichka tola koʻrinishida tasavvur etiladigan ziyo, yogʻdu.
- Musbat yoki manfiy zarralar, elektromagnit tebranishlar oqimi.
- Nur kasalligi (yoki kasali) Radioaktiv nurlarning organizmga taʼsir etishidan yuzaga keladigan kasallik.
- Umuman, yorugʻlik, ziyo; yorugʻlik energiyasi.
- Haqiqat, baxt-saodat, erkinlik, maʼrifat ramzi.
- Koʻz nuri Ardoqli, koʻz qorachigʻiday aziz kishi (asosan farzand haqida).
- Nur (erkaklar ismi).
Misollar
- Kuyosh nuri. Oy xira nur sochmoqda.
- Rentgen nurlari. Katod nurlari.
- Chernobil ava-riyasini bartaraf etishda ishtirok etgan koʻpchilik vatandoshlarimiz nur kasalligiga chalinmasliklari uchun profilaktika ish-lari amalga oshirildi. — Gazetadan.
- Nati-jada yaponlarning bir qismi nur kasaliga mubtalo boʻlib qolgan. — H. Hasanov — Ekva-tordan oʻtganda.
- Elektr nuri. n
- Baliq tirik suv bilan, Giyoh yashar nur bilan, Dengiz ravshan dur bilan, Inson erkin u bilan. — Q. Muhammadiy.
- Bilim nuri. n
- Koʻcha jangi boshlangandi. Zulmat bilan nur toʻq-nashgan, hayot-mamot urushi bormoqda. — Sh. Toshmatov — Erk qushi.
- U [ona] Gul-nor kabi sevikli qizini, koʻz nurini olovga otib, yana uning baxt va saodati toʻgʻrisida nasihat qilishi kerak. — Oybek — Tanlangan asarlar. Koʻz nurini toʻkib Uzok, vaqt koʻz uz-may, kuchini ayamay, qunt bilan.
- Koʻz nurini toʻkib ishlamoq. Hyp alo (yoki ustiga) nur Yana ham yaxshi, koʻngildagidan ham aʼlo.
- Ixtiyor oʻzingizda, qutlayman desangiz aytib koʻring, xoʻp desa — nur alo nur. — M. Ismoiliy — Far-gʻona t. o. Nuri diyda q. diyda.
Kelib chiqishi
a. نُور — yorugʻlik, yogʻdu
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0