Izohli lug‘at
ofarin
офарин
Ma’nolari
- . Mamnunlikni, zavqlanganlikni, qoyil qolganlikni ifodalovchi olqish soʻzi; tahsin, tasanno.
- . und. s. vazifasida. Balli, barakalla.
Misollar
- Ofarin aytmoq (oʻqimoq).
- Hamma Qahramonga ofarinlar aytib, uni qutlashibdi. — Ertaklar.
- –Ofarin, Mavlonning daʼvolari isbot boʻldi, — deb yubordi hamma. — M. Osim — Sehrli soʻz.
- Chaqqon, epchil ishlayotgan askarlar oldida toʻxtab: -Ofarin bahodirlar! — deb maqtab oʻtardi general. — Oybek — Quyosh qoraymas.
Kelib chiqishi
fors. – yaratuvchi; maqtov, olqish; balli, tasanno
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0