Izohli lug‘at
oh
оҳ
Ma’nolari
- \und. s. 1 Quvonch, zavq, qoyil qolish kabi his-tuygʻularni ifodalaydi.
- Sogʻinish, intizorlik kabi maʼnolar-ni ifodalaydi.
- Achinish, dard-alam, hasrat tuygʻusini ifodalaydi.
- Ogʻriq, dard tuygusini ifodalaydi.
- ot vazifasida. Dod-figʻon, nola, afgʻon, zorlanish.
Misollar
- Oh,udam-lar!.. Eslasam, qalbimni quvonch, ruhimni shodlik quchadi. — J. Jabborov — Sevinch yosh-lari.
- Oh, bu yoqimli hid qayerdan keldi ekan. — X. Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakati.
- Oh, goʻza>1 jonon hayot, senda erur ozod kishi. 3. Diyor.
- -Kel, biroʻpay!— dedi Abdu-mannof. — Oh!.. Aziz ogʻaynim! — A. Qahhor — Ogʻaynilar.
- Baʼzi vaqtda uncha-muncha pul ham soʻrab olaman, Lekin chirt-pirt boʻlib, qoʻl-dan uchadi-ketadi. Oh, pul! — Oybek — Tanlangan asarlar.
- -Oh, aylanay, ovsinjon, — dedi bir juvon kulgidan oʻzini tiyib, — koʻzimiz dovuchchada boʻlgan zamonlar qandoq zamoshshr ekan-a? — S. Zunnunova — Olov.
- Qani Gulnor? Qani jononi?— Oh, u yoʻq. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Oh, falokat, padar laʼnat! Sharmanda qsh1dine-ku oxiri! Hamza, Tanlangan asarlar.
- /Zargarov darrov kresloga oʻtirib:] Oh! Voh! Sugʻur! Sugʻursang-chi! [ Mar asu l omburni chogʻlab:] Hozir.. Hozir. — A. Qahhor — Ogʻriq tishlar.
- Oh tortmoq (urmoq, chekmoq). n
- Ey, telba kechmishning tilsiz guvohi, Ting-lanar qalbingdan yillarning ohi. — Gʻayratiy.
- Tanho yotar edim boʻm-boʻsh qirgʻoqda, Te-pamda yulduzlar chekar edi oh. — A. Oripov — Yillar armoni.
- Said Jshyulxon ishongan togʻi xususidagi bu xabarni eshitib, oh tortdi. — A. Qahhor — Bashorat.
- Ogʻriq ajia-midan tinmay oh urardi. — Mirmuhsin — Temur Malik.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0