Izohli lug‘at
oh-voh
оҳ-воҳ
Ma’nolari
- , ohu voh ayn. oh-afgʻon.
- Oh-voh qilmoq 1) oh-figʻon chekmoq, dod-voy qilmoq; azoblanmoq.
Misollar
- Bundan qutulish uchun oh-voh, yigʻi-sigʻi sira foyda bermaydi. Qulchilikdan chiqmoqchi boʻlsak, kurashga bel bogʻlashimiz kerak. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Qon hidi och boʻrilarni shu qadar mahliyo etgandiki, na oʻqlar ovozi, portlash dahshati, na jon berayotganlarning oh-voh qilishlari ularga taʼsir qilardi. — "Yoshlik".
- Eshikda oh-voh qilgancha jikkak kampir paydo boʻldi. N. Norqobilov, Toʻqnashuv; 2) muhabbat kuyida soxta kuydi-pishdi boʻlmoq.
- Ikki chakkasida soch oʻstirgan, qanshari past sar-tarosh yigit avva,x oh-voh qilib, ikkiqat boʻlgan qizni tashlab qochib ketgan edi. — Mirmuhsin — Umid.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0