Izohli lug‘at
oila
оила
Ma’nolari
- Er-xotin, ularning bola-cha-qalari va eng yaqin tugʻishganlaridan iborat birga yashovchi kishilar majmui; xonadon.
- Oilani buzmoq Er-xotinlikka barham bermoq, ajralmoq.
- Bir maqsad, maslak bilan bir-lashgan koʻp kishilar, xalkdar, mamlakatlar.
- Oʻsimliklar va hayvonlar sistemati-kasida tuzilish jihatidan bir-biriga oʻxshash, kelib chiqish jihatidan ham oʻzaro yaqin bir necha urugʻni oʻz ichiga olgan guruh.
- Qardosh tillar guruhi.
- Rafiqa, xotin.
Misollar
- Ahil oila. Sanʼatkorlar oilasi. Oila bosh-ligʻi. n
- [Eshvoy] Kambagʻal boʻlishiga qa-ramay, Yoʻlchining oilasiga.. yerdam koʻrsatar edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Oilaninghar bir aʼzosi oʻz ishi, yumushi bilan mashgʻul. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Birovga qiziqish, oila qu-rish.. Bu gaplar Zamirani choʻchitar, Ochil u ni yomon yoʻlga boshlayotganday tuyulardi. — P. Qodirov — Uch ildiz.
- Jahl ustida urishib qolgan boʻlsangiz, ehtimol, yarashib qolarsiz. Qaynatangiz, qaynanangiz kelib qolishar? Oilangizni buzmang! — Mirmuhsin — Umid.
- Uzbekistonda turli millat vakillari bir oila boʻlib yashamoqdalar. — Gazetadan.
- -Butun askarlar bir oila, ahil, mehribon va qalin doʻstmiz, — dedi Bektemir. Oybek, Quyosh qoraymas.
- Dukkaklilar oilasi. Oʻrdaktumshuqlilar oilasi. m
- Turp butaguldoshlar oilasiga mansub ikki yillik, ildizmevali koʻkat oʻsimligi deyishadi botaniklar. — K. Maxmudov — Qiziqarli pazandalik.
- Oltoy tillar oilasi. Som-hom tillari oilasi.
- Oilam maktabda oʻqituvchi.
Kelib chiqishi
a. عَائِلَة — bola-chaqa, xonadon; urugʻ, avlod
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0