Izohli lug‘at
oldingi
олдинги
Ma’nolari
- Boshqalarga nisbatan oldinda, ilgarida turgan, old tomondagi; old tomonda joylashgan.
- Ilgari boʻlib oʻtgan; avvalgi, burungi.
- Biror ishda hammadan oldinda boruvchi; peshqadam.
Misollar
- Oldingi qator. Bino-ning oldingi xonasi. shsh Qism qorongʻi tush-guncha, dushmanni oldingi okoplardan surib chiqardi. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
- Nigora Qoplonga qaradi: it tumshugʻini oldingi oyoq-lari orasiga olib, bemalol mudrab yotibdi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Qirmizxon tushayotib, oldingi oʻrindiqdagi tugunni oldi. — N. Aminov — Qahqaha.
- Tarixdan oldingi davr. Oldingi toʻrt yil ichida erishilgan muvaffaqiyatlar. m
- Sa-limjon bundan bir necha yil oldingi qizi-qarli voqealarni eslatib, davraga iliqlik kiritdi. — "Sharq yulduzi".
- Mamlakatimizning oldingi kishilari. n
- Mirzakarimboy Tosh-kentning eng oldingi boylaridan. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0