Izohli lug‘at
olma
олма
Ma’nolari
- Atirgullilar oilasiga mansub koʻp yillik mevali daraxt.
- Shu daraxtning mevasi.
- Kekirdak olmasi qushtomoq. Olma guli
- pushti rang.
- olma gullagan payt.
- Olma choy. Olma qoqidan qovurib tayyorlangan choy.
Misollar
- Olma koʻchati.
- Bu olmalar hosilga kirgach, besh-olti yil oʻtishi kerak. — Saida Zunnunova — Olov.
- Oq olma. Qizil olma.
- Juvon qoʻlidagi olmani ustma-ust bir necha martaba tishladi va chala chaynab yutdi. — Abdulla Qahhor — Ming bir jon.
- Olma sharbati organizmni baquvvat qiladi. — "Saodat".
- Olma gulli roʻmol.
- Toʻylari olma gulida boʻlgan edi.
- Suvi qochgan non, olma choy bilan nonushta qilishayotganda Gadoyboy paydo boʻldi. — Hamid Gʻulom — Feruza.
Kelib chiqishi
Qadimgi turkiy tildagi ol- "olmoq" feʼlidan -ma qoʻshimchasi bilan tuzilgan soʻz. Qadimgi manbalarda olmila shakli ham bor. Olmila soʻzining etimologiyasi aniq emas.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0