Izohli lug‘at
olqindi
олқинди
Ma’nolari
- Qayta-qayta ishlatilaverib yupqa boʻlib ketgan sovun; sovun qoldigʻi.
Misollar
- Tong qorongʻisida kir qoʻyganimcha oltita sovundan olqindi ham qolmadi. — Abdulla Qahhor — Sarob
- Redaktor oʻrinbosari koʻk maysadek poyandozda shokolad qogʻozlari va ikkiga boʻlingan, olqindi sovundek shokoladni koʻrdi. — Ne’mat Aminov — Qahqaha Olqindi qayroq - yeyilib ketgan yupqa qayroq.
- Eshimqul eshikdan pichogʻini yupqa olqindi qayroqda qayrab kelgach, Nasimjon boshi koʻkka yetguday sevindi. — Oybek — Oltin vodiydan shabadalar
Kelib chiqishi
Ushbu so‘z O‘rta Turkchadagi "yiqmoq, buzmoq" ma’nolarini anglatgan (biroq hozirgi O‘zbek tilida ishlatilmayotgan) "alq=" o‘zak fe’lidan olingan.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0