Izohli lug‘at
omonat
омонат
Ma’nolari
- Saklab berish, vaqtincha foydalanish yoki boshqa bir kishiga eltib berish uchun topshirilgan.
- Omonatga saqlangan pul va b. narsa, buyum.
- Mijozning maʼlum bir shartlar asosida bankka qoʻygan pul mablagʻi.
- Nomigagina, shunchaki; zoʻrgʻa.
- Vaqtinchalik.
- Puturdan ketgan yoki zoʻrgʻa ilinib turgan.
- Omonat daftarchasi Omonat kassaga pul qoʻyilgani haqidagi shaxsiy hujjat.
- Omonat kassasi Fuqarolarning pulini vaqtincha sakdab beradigan muassasa.
- Omonatini topshirmoq Vafot etmoq, olamdan oʻtmoq.
Misollar
- Omonat xat. Omonat pul.
- Anov kuni qoʻyib ketgan omonatga keldim. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Omonatlarni egalariga topshirganimizdan keyin, mayli.. kuyovtoʻra qizimizni Makkaga olib borsalar ham, monelik yoʻq. — I. Oʻktamov — Hikoyalar.
- Chol supadagi yogʻoch soʻriga omonat ilinib, niyatini aytishga soʻz topolmay qiynaldi. — "Yoshlik".
- Toʻychi poygakdagi choʻyan pech ustiga omonat oʻtirdida, yerga qaragancha, indamay, papirosga zoʻr berdi. — A. Koʻchimov — Halqa.
- Odam — omonat, diydor – gʻanimat. — Maqol.
- shya Jiyan ijara uyda omonat oʻtirdi. — "Yoshlik".
- Omonat bino.
- Oshpaz kosaga lagʻmon suzib, yoʻnilmagan taxtadan omonat yasalgan stol ustiga qoʻydi. — S. Ahmad — Ufq.
- Salimxon Obidiy.. allaqanday zarur hujjatlarni, omonat daftarchasini roʻmolga tugdi. — Mirmuhsin — Umid.
- Kampir uyga kirganu, shu qisqa fursat ichida choli toʻshakka beozor choʻzilganicha, omonatini topshirib qoʻyganining guvohi boʻlgan. — "Yoshlik".
Kelib chiqishi
arab. – ishonchlilik; toʻgʻrilik, halollik; saqlash uchun berilgan narsa; tuhfa; meros
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0