Izohli lug‘at
oq
оқ
Ma’nolari
- Qor, sut, paxta rangidagi.
- Oq tusga moyil, tiniq (yuz, badan tusi haqida).
- oqlik.
- Aroq.
- Chor Rossiyasi podshosiga tegishli; uning tarafdori; kontr-revolyutsion.
- Oxirgi, toza (qoʻldan chiqarish yoki pardozlash uchun qilingan oxirgi ish haqida).
- Gunohsiz, shaʼniga dogʻ tushmagan kishi; toʻgʻri, haqiqat.
- Oqargan tuk, moʻy; soch va soqolning oqargan qismi.
- Koʻzning qorachiqni oʻragan, tiniq rangli, shaffof qismi.
- Baʼzi kasalliklar natijasida koʻz qorachigʻida paydo boʻladigan oqish dogʻ, parda.
- Tuxumning oqsil moddasi.Koʻzining oqu qorasi - koʻz.Manglayi oq boʻlsin - yaxshilik niyatida tilangan olqish, duo.
Misollar
- Oq doka.
- Oq qogʻoz.
- Oq non.
- Oq it, qora it - bari bir it. — Maqol
- Salimboy.. yoʻgʻon goʻshtdor qoʻllarini qorday oq surp toʻshalgan stolga qoʻydi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Kumushning ..iljayishidan yoqutdek lablari ostidagi sadaf kabi oq tishlari bir oz koʻrinib qoʻydilar. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Oq badan.
- Oq tanli.
- Oq yuzli.
- Xotin oʻtirmoqchi boʻlgan edi, paranji ichidan uning atlas koʻylaklari va nafis oq qoʻllari koʻrinib ketdi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlarOq bilak - qoʻlini sovuq suvga urmaydigan, faqat oʻziga oro beradigan (ayol haqida).
- Bolalarim, oqqa yetamiz, deb koʻzlaringiz oqarayozdi, bu zormondani soʻyib, puliga joy qilamiz, dedilar. — Ne’mat Aminov — Qahqaha
- Oilaga berilgan ana shunday sogʻlom sigir tufayli necha kishi, ayniqsa, bolalarning ogʻzi oqqa - sut-qatiqqa tegadi. — Gazetadan
- Xohi pivo, xohi vino, xohi konyak, xohi oq, Noʻsh etib, uyga kelurman, yerda turmaydur oyoq. — Habibiy
- Oq amaldorlar. Oq gvardiyachilar. shsh Oq poshshoning kumush nishoni bilan Koʻtarib yurdi u oʻsha xanjarni.. — Xurshid Davron — QaqnusOqlar (faqat sh.) - oq gvardiyachilar.
- Chapay askarlari keldilar bosib, Bosib keldi ular oqlar ustiga. — Abdulla Oripov — Yillar armoni
- Razzoq qizil armiyaga koʻngilli boʻlib yozilib, oqlarga qarshi kurashaman, deb qolibdi. — Hamid Gʻulom — Mashʼal
- Oqqa koʻchirmoq.
- Javob maktubini oqqa koʻchirib ulgurmasidan, hovlini otlarning dupuri qoplab ketdi. — Xudoyberdi Toʻxtaboyev — Yillar va yoʻllar
- Muhammad yengillanib oʻrnidan turdi va soʻnggi sheʼrini bir oz tuzatib, oqqa koʻchirish uchun uyiga bormogʻi kerakligini aytdi. — Oybek — Nur qidiribOq suvoq - qora suvoq ustidan beriladigan tekis suvoq, pardoz suvoq.
- Tekshiramiz: oqni oqqa, qorani qoraga ajratamiz. — Said Ahmad — Hukm
- Bizga oʻqituvchilar ham, Sultonova ham teng: oq boʻlsa - oq deymiz, qora boʻlsa - qora. — Saida Zunnunova — OlovOq-qorani tanigan - tanimoq.Oqdan qorani (yoki oq-qorani) ajratmoq - yomon bilan yaxshini, doʻst bilan dushmanni, foyda bilan ziyonni farqlamoq, tushunmoq.
- - Bizning maqsadimiz - kishilarga ong, tushuncha bermoq, toki har bir kishi yaxshilik va yomonlikni, oqu qorani oʻzi ajrata oladigan boʻlsin! - dedi Elmurod. — Parda Tursun — Oʻqituvchi
- Sochning oqi. Soqolning oqi. "Otni yeding", dedim ichimda. Boshqasi boʻlsa, qamchin bilan solar edim, lekin soqolining oqini hurmat qildim. — Oybek — Tanlangan asarlarSochiga (yoki Soqoliga) oq kirgan (yoki tushgan, oralagan) - sochi yoki soqoli oqara boshlagan.
- Yoshi ellikdan oʻtgan boʻlsa-da, Boʻri akaning sochiga oq oralamagandi. — Samar Nurov — Maysalarni ayoz urmaydi
- U, qirq besh yoshlarda, novcha, soqol, moʻylovlariga anchagina oq tushgan edi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Koʻzning oqi.
- Uning koʻziga oq tushibdi.
- Bechoraning jindek aybi bor ekan: yuzi choʻtir, oʻng koʻzida noʻxatdakkina oqi bor ekan. — Parda Tursun — Oʻqituvchi
- Zarchavaning shirasi koʻzni oʻtkirlashtirishga, qorachigʻidagi katarakta va oqni ketkazishga juda foyda qiladi. — K. Mahmudov — Qiziqarli pazandalik
- Toleing toabad boʻlmasin qora, Manglaying oq boʻlsin, yarqiroq boʻlsin. — Abdulla Oripov — Yillar armoniOq ichmoq (yoki urmoq) - qadahda yoki idishda qoldirmay, hammasini ichmoq, sipqarmoq.
- Mana shu qimizni bir oq urib bering. — Said Ahmad — Ufq
- [Sharif:] Darhaqiqat, oʻrtoq Kamolov, paxtakorlarning mehnati yengillashsin, deb yangi ixtiro yaratgan ekan, keling, doʻstlar, oq ichaylik! — N. Safarov — Kimga toʻy, kimga azaOq yoʻl! - yoʻl.Oq kiymoq - motam libosini kiymoq, baʼzi joylarda, aksincha, taʼziya muddati tugagach, qora kiyimni oq kiyim bilan almashtirmoq, motam libosini tashlamoq.
- Roʻzimurodning onasi aza ochdi. Qarindoshlar oq kiyib, ovoz chiqardilar. — Sh. Ashurova — YangaOq koʻngil - koʻngil 1.Oq oltin - paxta.Oq sutini oqqa, koʻk sutini koʻkka sogʻmoq - bergan sutiga, boqqaniga norozi boʻlmoq, farzandidan norozi boʻlib, undan yuz oʻgirmoq.
- [Oʻzbek oyim:] Endi menga mundoq oʻgʻil kerak emas.. oq sutimni oqqa, koʻk sutimni koʻkka sogʻdim.. Endi Toshkentga kelmasin. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlarOq fotiha - fotiha 3.
- Oqsoqol ularni yoʻldan qaytarishga ojiz ekanligini sezib jim qoldi. -Yoʻl oldidan bizga oq fotiha bersangiz, - deyishdi oʻspirinlar. — "Yoshlik"Oq choy - 1) sut qoʻshilgan choy.
- Usta Ahmad Murtazoga xaltani koʻrsatib: - Ertalab oq choyni senikida ichamiz, - dedi. — Shoyim Boʻtayev — Qoʻrgʻonlangan oy 2) koʻk choy.Oq yuvib, oq taramoq - avaylamoq, asramoq.
- Rohila xola Shohruxni oʻz farzandiday oq yuvib, oq tarab oʻstirdi. — "Yoshlik"Oq oʻramoq - qiz bilan yigitni unashtirishga rozilik belgisi, marosimi.
- Eshitmadingizmi? Kecha Xayrinisonikiga borib, oq oʻrab keldik. — "Yoshlik"Tishining oqini koʻrsatmoq - tish.
- -Chatoq ekan, - dedi karvonboshi, soʻng ilk bor tishining oqini koʻrsatdi. — Murod Muhammad Do‘st — Lolazor
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0