Izohli lug‘at
oqarmoq
оқармоқ
Ma’nolari
- Qonsizlanib yoki qoni qochib, qizil-likni yoʻqotmoq, rangi oʻchmoq, boʻzarmoq.
- Oʻngmoq, rangini yoʻqotmoq, aynimoq (koʻpincha, boʻyalgan narsalar haqida).
- Yorugʻ boʻlmoq, yorishmoq.
- Kosasi oqarmagan 1) uyida sogʻin sigiri boʻlmagan; kosasi sut koʻrmagan; 2) topganiga baraka kirmagan, biri ikki boʻlmagan.
Misollar
- Chinni piyolasimon chanoqlar oqarib koʻzga tashlanadi. — S. Qodirov — Tong yulduzlari.
- Uning rangi oqarib ketdi. m
- Umri bir oqar-di, bir qizardi-yu, meni quchoqlab yigʻladi. — A. Qahhor — Xotinlar.
- Sobirga qaragan edi, u bir oqardi-yu, engashib, portfelini titki-lashga tushdi. — A. Koʻchimov — Halqa.
- Usti-dagi gimnastyorkasi yomgʻirda yuvilib, oftobda oʻngib, oqarib ketgan edi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Dehqon nigohi jiddiy, oliyjanob, ustida chakmon, oyogʻida oqarib ketgan mahsi. — "Fan va turmush".
- Kechasi soat toʻrtdanoq sharq tomon oqara boshladi. Hademay tun oqaradi. shsh Adir tomondan ufq, xuddi parda orqasidan chiroq yoqqandek, oqarib kelyapti. — S. Ahmad — Hukm.
- Mashhar tongi asta-sekin oqarib kelar, Koʻz oldimda sodir boʻldi Ulugʻ Qiyomat. A. — Oripov — Yillar armoni.
- Ik-romjon bundoq oʻylab qarasa, bu artist-mijoz sherigi bilan ishlaydigan boʻlsa, sira kosasi oqarmaydigan. — S. Ahmad — Ufq.
- Oʻz ota-onasining raʼyini qaytargan brlaning hech qachon kosasi oqarmaydi! — Mirmuhsin — Chini-qish. Ogʻzi oqarib qoldi Sigiri tugʻdi yoki uyida sogʻin sigir paydo boʻldi; doim sut-qatiq ichadigan boʻlib qoldi.
- Ola buzoq tuziv oldi, Ogʻzimiz ham oqarib qoldi. — Gʻ. Gʻulom.
- Xudo xohlasa, ayni qish chillasida bolalar-ning ogʻzi oqarib qoladi, birodar! — "Yoshlik".
- Yoʻq. Aksincha, oqaribsiz. Jindek ozib, yana ham chiroyli boʻlibsiz. — N. Safarov — Hayot maktabi.
Kelib chiqishi
1 Oq tusga kirmoq, oq tus olmoq. ◆ Qor yogʻib, yerlar oqarib qolibdi. m ◆ Biz mehnatda topdik baxtimiz, Mehnatda soch oqarsa, mayli! — Yo. Mirzo — Oʻgʻil mehri. Turgʻun
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0