ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

oqliq

оқлиқ

Ma’nolari

  1. Sut va sutdan tayyorlanadi-gan mahsulotlar (qatiq, qaymoq va sh. k.). Agar boʻlsa oqligʻing, bilinmaydi yoʻqli-gʻing. Maqol. ■■ Echki boʻlsa hamki, bola-chaqaga oqlik oʻzimizdan chiqib turgan edi, goʻsht-poʻshtini olib, bitta sogʻin echki bersanglar. S. Ahmad, Hukm.
  2. Pishirilgan sutni ivitish (qatiq qi-lish) uchun unga solinadigan ozgina qatiq; tomizgʻi.
  3. etn. Toʻyga rozilik belgisi sifatida sovchilarga sovgʻa qilinadigan oq yoki ochiq, och rangli gazlama, roʻmol, kiyim-kechak.
  4. etn. Koʻmish marosimiga, azaga kelgan-larga boʻlib beriladigan roʻmolchabop gazlama; yirtish.
  5. etn. Kafan, kafanlik. Abdurahmon-boy Olimjonni boyligiga sohib qilib, oʻzi ikki gazlikkina oqlikka ega boʻlib, hovli-joylarini tashlab, bir boʻygina chuqurgacha kirib, bedomu darak ketdi. Hamza, Tanlangan asarlar.

Misollar

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish