Izohli lug‘at
ora-sira
ора-сира
Ma’nolari
- Goho-goho, baʼzi-baʼzida.
- Unda-munda, u yer-bu yerda.
Misollar
- Chirildoqlar tinimsiz chirillar, ora-sira pastdan — qishloq tomondan itlarning hurgani eshitilardi. — E. Usmonov — Yolqin.
- Gʻulomjon tomogʻini ora-sira qirib, entikib turib gapirdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Anvar mashinalarning ishini koʻrib quvonib ketdi. Biroq ora-sira gʻaltaklar ham, zambillar ham koʻrinib qolardi. — Sh. Rashidov — Qudratli toʻlqin.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0