Izohli lug‘at
orasida
орасида
Ma’nolari
- koʻm. vazifasida. 1 Oʻrtasida, ichida.
- Davomida, mobaynida.
- Oʻrtasida, chegarasida.
- Ichida.
- Oʻrtasida (qiyoslashda).
Misollar
- Juftlik yolgʻiz kishilar orasidagina emas, yer yuzidagi har bir maxluqda ham bor. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Sel sharsharasi, mo-maqaldiroq guldurashi orasida Bahromning qulogʻiga qoʻy maragani chalinganday boʻldi. — S. Anorboyev — Hamsuhbatlar.
- Bu kungi besh daqiqa orasida boʻlib oʻtgan voqeani [Ota-bek] hech bir yoʻsin bilan miyasiga sigʻdira olmas.. edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Vaqt shom bshshn xufton orasida edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Mehmoshshrning aksari oʻrta yoshli — oʻttiz-qirq orasidagi odamlar edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Qiy-chuv orasida zaif yigʻi tovushi ham kelib qoʻydi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- (Otabek Kumushga:] Bu telbashrcha maktubingizni isitma orasida yozganga oʻx-shaysiz. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Tovuq bshshn odam orasida qancha farq boʻlsa, bu ikki joni-vorning muhabbati orasida ham shuncha farq bor. — A. Qahhor — Maston.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0