Izohli lug‘at
orqali
орқали
Ma’nolari
- (b.k. bilan) 1 Biror narsaning ichidan, orasidan, oʻrtasidan yoki ustidan, biror narsa oralab, bir tomondan ikkinchi tomonga.
- Biror kimsa yoki narsa vositasida, yordamida, yordami bilan.
- Tufayli, sababli.
Misollar
- Boqqa hovli orqali kiriladi. n
- Elmurod Ertasiga Krasnovodsk orqali Tbilisiga — harbiy xizmatga joʻnadi. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Xaloyiq gurullab... uch eshik orqali zalga kirdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Telefon orqali gaplashmoq. Xat orqali xabardor qilmoq. n
- Hindlar ham boshqa mamlakatlar bilan asosan ingliz tili orqali aloqa qilishadi. — Gazetadan.
- Elmurod shu kupi bir bola orqali Davlatyorni oʻz huzuriga chaqirdi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- [Yusufbekhoji] Sen bilan iftixor qilmasak-da, sen orqali xijolat chekmasimizga ishondik. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Men hali yosh bolaman, Koʻp joyni koʻrganim yoʻq. Lekin kitob orqali Bildim talay yoʻl-yoʻriq. — Q. Muhammadiy.
- Bitta siyohdon orqali shuncha gaplarni topib aytish mening xayolimga kelmagan edi. — Shukrullo — Saylanma.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0