Izohli lug‘at
ortiqcha
ортиқча
Ma’nolari
- Belgili miqdordan ortiq; koʻp.
- Keragidan, yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻl-ganidan ortiq, haddan ziyod.
- Keraksiz, foydasiz.
Misollar
- Ortiqcha pul. Ortiqcha xarajat.
- -Meni ortiqcha izzatu ikrom qilib, noqulay ahvolga so-lyapsizlar, — dedi Umid. — Mirmuhsin — Umid.
- Sodda odam ortiqcha xursandchilikdan ham oʻzini yoʻqotib qoʻysa ajab emas. — P. Tursun — Oʻqituvchi. Erining bu soʻziga Oʻzbek oyim or-tiqcha qizishadi, labi-labiga tegmay bo-billab beradi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar. Bizniki [tomorqa] normadan uch hissa or-tiqcha. Oybek, O.v. shabadalar.
- Ortiqcha gap. n
- Nazokatga bolalari yoʻgʻida ermak boʻlgan Nazmi keyinchalik ortiqcha boʻlib qoldi. — Shuhrat — Umr pogʻonalari.
- Qirqilgan qulogʻi tep-tekis boʻlib ketgan, bu uning [Qulmat qorining] silliq kallasiga shunday yarash-ganki, sogʻ qulogʻi xuddi ortiqchaday koʻri-nardi. — A. Muxtor — Opa-singillar.
- Hasanali endigi oʻtirishni ortiqcha topib, oʻrnidan turdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0