Izohli lug‘at
osham
ошам
Ma’nolari
- Bir marta oshash uchun moʻljal-lab siqimlangan quyuq ovqat (osh, shavla, norin va sh. k.).
- Bir (yoki bir-ikki) osham Ozgina, arzi-magan.
Misollar
- Birov birovni uyiga taklif qilsa: "Choy quyib beraman, osh damlab bera-man", "Marhamat qiling, bir osham oshimiz bor", — deydi. — K. Mahmudov — Qiziqarli pa-zandalik.
- Berdiboyning qorni har qancha och va oʻn besh kunlardan buyon issiq koʻrmagan esada, oldiga qoʻyilgan palovdan bir-ikki osham olib, tomogʻidan nariga oʻtkazolmadi. — A. Qodiriy — Kichik asarlar.
- Afandi mardikorchilik qilar edi, bir xasis odam uni yarim tanga pul, bir osham oshga baholashdi. — "Latifalar".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0