ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

oshiq-moshiq

ошиқ-мошиқ

Ma’nolari

  1. [k. oshiq-maʼshuq) Eshik, deraza kabi narsalarni oʻrnatish va ularning ochilib-yopilishi uchun xizmat qiladigan metall buyum. Hoʻ, zinaning tepa-sidagi qopqoqni koʻryapsanmi? Oʻshaning oshiq-moshigʻini koʻchirsa boʻlarkan. Faqat buning uchun bir parcha temir kerak. X. Toʻxtaboyev, Yillar va yoʻllar. Bu vaqt hovli eshigi taraq etib ochilib, bir tavaqasi oshiq-moshigʻidan uchib ketdi. A. Muxtor, Opa-singillar.

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish