Izohli lug‘at
ostida
остида
Ma’nolari
- koʻm. vazifasida. 1 Biror harakat yoki hodisa va shu kabilarning boshqasi bilan birga yoki unga bogʻliq holda sodir boʻlishini ifodalash uchun ishlatiladi.
- Biror harakat yoki holatni yuzaga chiqargan boshqa bir harakat, holat yoki kechinmani ifodalashda ishlatiladi.
- Maʼlum narsa nomi bilan, vositasida.
- Oyoq ostida q. oyoq I 1. Qanoti ostida boʻlmoq q. qanot. Qoʻl ostida q. qoʻl.
Misollar
- Xijolat ostida qolmoq. Rahbarligi ostida ishlamoq.
- Kuyov qattiq qarsaklar ostida borib, kelinning yoniga oʻtirdi. — A. Qahhor — Toʻy.
- Kim bshshdi, [Gulnor] ota-ona siqigʻi ostida balki (boyga turmushga chiqishga) koʻnikkandir. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Karim oʻzining diqqat boʻlib turganligini sezdirmaslik uchun majburiyat ostidagina bir iljaydi-da, qoʻl berib koʻrishdi.Oydin — Fonar Tagila.
- Gazetaning birinchi betida „Olimning yangi kashfiyoti“ sarlavhasi ostida katta maqola chop etildi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0